Shomurodov bugun Dzyuba bilan kuch sinashadi

  • 3 aprel, 2020, 21:44
  • 0
  • Futbol

Rossiya premer-ligasining koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilganidan xabaringiz bor. Sports.ru sayti va MegaFon kompaniyalari o‘zaro hamkorlikda RPL jamoalari etakchilari ishtirokida «PES 2020» futbol simulyatorida kiberfutbol bo‘yicha “Eng tezkor liga” musobaqasini o‘tkazmoqda.

Chempionatda “Rostov” nomidan hamyurtimiz Eldor Shomurodov ishtirok etayotganini alohida e’tirof etishimiz lozim. Hamyurtimiz bugun “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyubaga qarshi navbatdagi tur o‘yinini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Qayd etish lozimki, Dzyuba va Shomurodov ayni paytda premer-liga to‘purarlar poygasida ham 1- va 2-o‘rinlarni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!