Shomurodovning sobiq jamoadoshi Skamakka ajoyib natijalar qayd etishda davom etmoqda!

"Atalanta" hujumchisi Janluka Skamakka "Marsel" bilan bo‘lib o‘tgan Evropa ligasi yarim final bahsida o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Bu orqali futbolchi o‘zining mazkur musobaqadagi oltinchi golini urdi. 

Ungacha italiyalik futbolchilardan faqat to‘rttasi Evropa ligasida 5 va undan ortiq gol ura olgan. 2010/2011 yilgi mavsumda Juzeppe Rossi 11 ("Vilyarreal"), 2017/2018 yilgi mavsumda Mario Balotelli 6 ("Nitstsa") va o‘sha mavsumda Chiro Immobile 8 ("Latsio") gol urishning uddasidan chiqqan. 

Ma’lumot o‘rnida, "Atalanta" yarim final ilk uchrashuvida "Marsel" bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Javob bellashuvi 9 maydan 10 mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!