Simona Xalep bor-yo‘g‘i bitta geymni boy berdi

  • 3 iyun, 2019, 23:33
  • 0
  • Tennis

Ruminiyalik Simona Xalep va polshalik Iga Svyontek o‘rtasidagi o‘yin "Rolan Garros" musobaqasining to‘rtinchi davrasidagi eng qisqa uchrashuv bo‘ldi.

Parij shahrida 45 daqiqagina o‘tgan mazkur o‘yinda Simona raqibiga bor-yo‘g‘i birgina geymni boy berib qo‘ydi halos.

Shu tariqa Frantsiya ochiq chempionatining chorak finaliga yo‘l olgan Xalep, endi amerikalik Amanda Anisimova, yoki ispaniyalik Alyona Bolshova bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!