"Siti" - "Arsenal" uchrashuvi AQShda eng ko‘p tomosha qilingan o‘yin bo‘ldi

"Manchester Siti"ning "Arsenal"ga qarshi bahsi AQShda eng ko‘p tomoshabin to‘plagan uchrashuvga aylandi. 

Premer-liganing 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Pep Gvardiola shogirdlari "kanonirlar" bilan durang o‘ynadi (0:0). 

"NBC SPORTS" ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu o‘yin AQShda Premer-liga doirasidagi uchrshauvlar orasida eng ko‘p tomosha qilingan  bahsga aylandi (2,12 million). 

Bellashuvni ispan tilidagi "Telemundo" telekanalida tomosha qilganlar bilan qo‘shib hisoblasa, auditoriyani 2.59 millionni tashkil etdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!