Sport kurashlari. Javrail Shapiev Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

Serbiyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining ushbu kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Unda hamyurtimiz Javrail Shapiev (-86 kg) Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Polvonimiz bronza medali uchun kechgan bahsda San-Marino vakiliga imkoniyatni bor berdi. Biroq Olimpiada yo‘llanmasi uchun tashkil etilgan bellashuvda Bahrayn sportchisidan ustun kelib, faoliyatida ikkinchi bor 4 yillikning muhim startiga yo‘l oldi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!