Sport kurashlari. Serbiyadagi JChda ishtirok etadigan qizlarimiz tarkibi bilan tanishing

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining 16-24 sentyabr kunlari Serbiyada o‘tadigan jahon chempionatida qatnashuvchi tarkibini tanishtirishda davom etamiz. Navbat kurashchi qizlarimizga.

Murabbiylar shtabining qaroriga asosan, mazkur yo‘nalishda Belgradga 6 olimpiya va 1 noolimpiya vazn toifalarida jami 7 nafar sportchimiz yo‘l oladi. Atletlarimiz bilan tanishing:

-50 kg: Jasmina Immaeva
-53 kg: Aktenge Keunimjaeva
-55 kg: Shohida Ahmedova
-57 kg: Laylo Sobirova
-62 kg: Ariuxan Jumabaeva
-68 kg: Feruza Esenbaeva
-76 kg: Svetlana Oqnazarova.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!