Sport kurashlari. Terma jamoamiz jahon chempionatiga yo‘l oldi

16-24 sentyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Terma jamoa murabbiylar shtabi Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqada qatnashadigan sportchilar nomini e’lon qildi.

Musobaqani erkin kurash ustalari boshlab berishadi. Mazkur yo‘nalishda 6 ta olimpiya va 3 ta noolimpiya vazn toifalarida jami 9 nafar polvonimiz gilamga chiqadi. To‘liq tarkib quyidagicha:

-57 kg: G‘ulomjon Abdullaev
-61 kg: Jahongirmirzo Turopov
-65 kg: Umidjon Jalolov
-70 kg: Zafarbek Otaxonov
-74 kg: Bekzod Abdurahmonov
-86 kg: Javrail Shapiev
-92 kg: Rustam Shodiev
-97 kg: Magomed Ibragimov
-125 kg: Sardor Xolmatov

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!