SPORTS.uz portali ijodiy jamoasining OAV xodimlariga bayram tabrigi

  • 27 iyun, 2020, 09:55
  • 0
  • Futbol

SPORTS.uz portali ijodiy jamoasi 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan yurtimizda mehnat qilayotgan barcha OAV xodimlarini chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.

Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaydi.

Dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlar etkazish borasida ushbu soha vakillarining qilayotgan fidokorona mehnatlarini yuksak qadrlaydi va bu yo‘lda ularga kuch-quvvat tilaydi.

Mashaqqatli, ammo sharafli kasb egalariga yana bir bor bayram muborak bo‘lsin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!