Stipe Miochich: "U dunyoni hayratda qoldiradi!"

  • 28 sentabr, 2023, 10:48
  • 0
  • MMA

28 oktyabr kuni professional boksning og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (33-0-1,24 KO) sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jang borasida ko‘plab mashhurlar o‘z fikrini bildirmoqda. Jumladan, UFCning og‘ir vazn toifasidagi yana bir sobiq chempioni, Ngannu (17-3) bilan bevosita oktagonda duch kelib, mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan, Stipe Miochich (20-4) ham bu qarama-qarshilikka munosabat bildirdi.

“Bu jangda, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Men Frensisga eng yaxshi tilaklarimni tilayman va umid qilamanki, u dunyoni hayratda qoldiradi",-dedi Miochich.

Eslatib o‘tamiz, Stipe Miochich 12 noyabr kuni Jon Jonsga (27-1) qarshi chempionlik jangida oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!