Superliga. 2024 yilgi mavsumning ilk sariq kartochkasi "Navbahor" futbolchisiga ko‘rsatildi

Ayni paytda Superliga 2024 yilgi mavsum ilk o‘yini bo‘lib o‘tmoqda. Unda "Navbahor" jamoasi Namanganda Samarqandning "Dinamo"si bilan o‘ynayapti.

Bellashuvning 14 daqiqasida "lochinlar"ning yangi futbolchisi Odil Hamrobekov Rahimbek Karimov tomonidan ogohlantirildi. Shu tariqa, Hamrobekov Superligada bu mavsumning ilk sariq kartochkasini oldi. O‘tgan mavsumda ham birinchi sariq Hamrobekovga ko‘rsatilgan edi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli yarim himoyachi qishda "Navbahor"ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!