Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni taslim qildi, qirg‘izistonlik Merkdan dubl!

O‘zbekiston Superligasi 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Mazkur bellashuvda mezbonlar 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydon egalari safida gollarga Asqarov, Merk (dubl) va Cheran mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Otaxonov, Milichkovich (penalti) va Sharipov nomiga qayd etildi. 

Shu tariqa, "sherlar" ushbu zafardan keyin ochkolarini 7 taga etkazib oldi va jadvalda 9-o‘rindan joy oldi. "Ma’danchilar" 2 ochko to‘plagan bo‘lib, klub hozircha 13-pog‘onani band etib turibdi. 

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum

Paxtakor

  • B. Asqarov 8'
  • Kimi Merk 39'
  • Kimi Merk 15'
  • D. Ćeran 84'
Tugadi
4 : 3

07.05.2024 18:00

Metallurg

  • A. Otakhonov 31'
  • M. Milićković 60'
  • D. Sharipov 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!