Superligada amalga oshgan TOP 7 transfer!

Xabaringiz bor, ayni damda transferlar oynasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirgan. Biz vaziyatdan foydalanib hozirga qadar ro‘y bergan trancferlar orasidagi eng e’tiborga molik ettitasini tanlab oldik. Legionerlar alohida mavzu bo‘lgani bois, ularga atalgan TOP 7 ham tez orada saytimizda e’lon qilinadi. Hozircha, mahalliy futbolchilardan iborat kuchli ettilikda kimlar o‘rin egallaganiga e’tibor qaratamiz!

7 o‘rin. Abdurauf Bo‘riev - "Paxtakor"

Mojarolarga qaramay, "Olimpik"dan "Paxtakor"ga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi uchun yangi darajaga chiqish imkoniyati ochib berildi. Yoshlar o‘rtasidagi musobaqalardayoq iqtidorli ekanligi ko‘p e’tirof etilgan Bo‘riev "Paxtakor"da deyarli raqobatsiz qoldirilgan zonasini berkitishi kerak bo‘ladi. Abduraufdan "sherlar" safida o‘zini ko‘rsatishi va yoshartirilishi taxmin qilinayotgan tarkibning yangi etakchisiga aylanishi kutilmoqda!

6 o‘rin. Farruh Ikromov/Humoyunmirzo Iminov - "Dinamo"

iminov

Samarqand klubi o‘tgan mavsum Vadim Abramov bilan kubok va Pro Ligada o‘zini ko‘rsati.shni uddalagan edi. Transfer oynasida ham "Dinamo" faolligi bilan yana bir bor hayron qoldirdi. E’tiborli tomoni katta transferlar bilan emas, tanlov bilan! Abramov o‘z potentsialini namoyish eta olmayotgan bir nechta iqtidorli futbolchilarni tarkibga qo‘shib oldi. Farruh Ikromov va Humoyunmirzo Iminovlar yuqorida aytgan kriteriyamizga to‘liq mos keladi. Ikkisi ham hali juda yosh va isbotlab qo‘yishi kerak bo‘lgan narsalari etarlicha. Qo‘shimchasiga, futbolchilarni kashf qilish va o‘z kuchiga ishonch taqdim etish bo‘yicha yurtimizdagi eng zo‘rlaridan biri sanalgan Vadim Karlenovich uchun bu yigitlar chinakam topilma!

5 o‘rin. Farruh Sayfiev - "Navbahor"

farruh

Bir necha yildan beri Superligada eng sermahsul qanot himoyachisi sifatida darajani ushlab kelayotgan Farruh Sayfiev yangi mavsumda "lochinlar"ning eng og‘riqli nuqtasini berkitishi kutilmoqda. Biz uchun yakunlangan Osiyo kubogi ko‘rsatdi-ki, Farruh hozir ham a’lo darajadagi sport formaga ega va yana kamida 2-3 mavsum tempni pasaytirmaydi. Uning transferi "Navbahor"ning hujumlariga rang-baranglik qo‘shishi turgan gap.

4 o‘rin. Islom Kenjaboev - "Nasaf"

isa

Kichik tanaffusdan so‘ng, "Qizilqum" safida chinakam furor ko‘targan Kenjaboev yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi uchun bo‘lgan so‘rovnomada bejizga kuchli uchlikdan o‘rin egallagani yo‘q. Vinger deyarli bir o‘zi Navoiy klubini elkasida tortib yurishni uddaladi. Tezkor, yaxshi texnikasi egasi sanalgan futbolchi "Nasaf"ga katta ambitsiyalar bilan qaytmoqda. Bu transfer "ajdarlar"ning hujumdagi kreativligi uchun kattagina plyus!

3 o‘rin. Jasur Jaloliddinov - "Neftchi"

jasko

"Olimpik" va Olimpiya terma jamoasi sardori - Jasur Jaloliddinov "Neftchi"ning anchadan beri shortlistida bor edi. Vitaliy Levchenko joriy mavcumda "fantazista"ni qo‘lga kiritishni uddaladi. Farg‘onaliklar o‘tgan mavsumda juda tartibli himoya bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgani rost, ammo yarim himoya va hujum chizig‘idagi uzilish sababli ko‘plab o‘yinlarda g‘alaba qozona olmagani ham fakt. 14 hududdagi boshliqni to‘ldirish, yarim himoya va hujum o‘rtasida ko‘prik bo‘lishni va standartlarni a’lo darajada ijro etishni uddalay oladigan Jasur hozirgi "Neftchi"ning asosiy ijrochisiga aylanishi turgan gap. Undan Farg‘ona klubining umidi katta.

2 o‘rin. Bobir Abduholiqov - "Nasaf"

bob

Amaldagi Qozog‘iston chempioni va terma jamoa a’zosi sanalgan Bobir Abdiholiqov bir nechta takliflar borligiga qaramay, bergan va’dasini ustida turdi. O‘tgan mavsumda hujumlarni yakunlashda muammolarga duch kelgan "Nasaf" Bobir Abduholiqov yordamida sermahsullikni oshirishga intiladi. To‘purar markaziy straykerning yo‘qligi "Nasaf"ni muhim o‘yinlarda ochko yo‘qotishga sabab bo‘lgani bor gap. Bu transfer "ajdarlar"ga yaqinlashib kelayotgan mavsumda qo‘shimcha ustunlik taqdim etadi.

1 o‘rin.  Odil Hamrobekov - "Navbahor"

Odil

Superligadagi unikum futbolchilar sirasiga kiruvchi Odil Hamrobekovni "Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" va "Navbahor" o‘z tarkibida ko‘rish uchun oxirgacha kurash olib borgani bejiz emas. Sababi juda oddiy. Hamrobekov tarkibida bor jamoa to‘p nazorati, pressingdan chiqib ketish, tayanch zonasidan tezkor hujum boshlash singari bir nechta ustunlikka ega bo‘ladi. Chempionlikni oldiga maqsad qilib qo‘yadigan klublar yuqorida sanab o‘tgan ustunliklarni o‘zida bo‘lishini istagani tabiiy. "Navbahor" bu transfer orqali terma jamoaning asosiy figurasini qo‘lga kiritdi. Bu transfer joriy mavsumda "Navbahor"ning o‘yiniga yaxshigina impuls berishi turgan gap.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Bu muallifning sub’ektiv fikri. Agar sizning "TOP 7"ligingiz boshqacharoq ko‘rinishda bo‘lsa, uni kommentda yozib qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shakhzod
10/02/2024 23:41
Eng zo'r transfer Bobir Abduxoliqov, Sababi u legioner edi va hujumchi ekanligi yana bitta +. Odil yaxshi futbolchi lekin uning darajasi o'tgan yil ancha tushdi.
1. Abdixoliqov
2.Kenjaboyev
3.Da Silva (mavsum boshlansa ko'rasiz)
4.Hamrobekov
5.Marusic
6.Jaloliddinov
7.Norchayev
Фуркатжон Одиров
10/02/2024 17:23
1.бобур.2.ислом.3.4.5.лар йук
Nematjon Axmatxanov
10/02/2024 17:35
Uyin boshlansin kegn bilamiz ungacha kotni qsish kk oka
&
Zamon
11/02/2024 16:55
Qiziq agar nasaf ochlda uynasa va aynan Bobur gol ursa qanday bularkina Katanes yaxshi murabbiy ekanligiga tan berdim qatarga chiroyli mag‘lub bulish ham aralash taktika tanlash ham bir sanat agar Bobur tushganida hudo kursatmasin gol urib quyishi mumkin ediya
&
Shakhzod
10/02/2024 23:44
Bobirni darajasiga Katanesga o'xshab siz ham ishonmaysizmi? Yaxyo aka.