Taekvondo WT. Islom Akchurin kadetlar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi!

Bosniya va Gertsegovinaning Saraevo shahrida taekvondo WT bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Jahon chempionatining ilk kunidan o‘rin olgan bahslar yakunlandi.

Quvonarlisi, musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga ega bo‘ldi. -152 sm'da bahslarga kirishgan Islom Akchurin dastlab, nimchorak final bosqichida gruziyalik, so‘ngra polshalik raqibidan ustun keldi. Yarim final bosqichida esa Islom Xitoy Taypeyi vakilini ortiqcha qiyinchiliksiz musobaqadan chiqarib yubordi.

Italiyalik raqibiga qarshi kechgan final bellashuvida ham Islom Akchurin ishonchli harakat qilib, g‘alaba qozondi va kadetlar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!