Taekvondo WT. Najmiddin Qosimxojiev va Iroda Mirtojieva Ekaterinburgdagi "Universitetlar Xalqaro Sport festivali"da oltin medalni qo‘lga kiritdi!

29-31 avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Ekaterinburg shahrida davom etayotgan "Universitetlar Xalqaro Sport festivali" doirasida taekvondo WT bahslari o‘tkazilmoqda.

Quvonarlisi, bugungi kun doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar a’zosi — Najmiddin Qosimxojiev (- 74 kg) hamda Iroda Mirtojieva (+ 73 kg) bahslarda ishtirok etib, barcha raqiblaridan ustun keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida - 74 kg vaznda sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin - Najmiddin Qosimxojiev (O‘zbekiston)
Kumush - Maksim Timofeeev (Rossiya)
Bronza - Xanmagomed Ramazanov (Rossiya)
Bronza - Konstantin Fofanov (Rossiya)

Ayollar o‘rtasida + 73 kg vaznda sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin - Iroda Mirtojieva (O‘zbekiston)
Kumush - Anna Pichugina (Rossiya)
Bronza - Li Iyana (Rossiya)
Bronza - Viktoriya Xromix (Rossiya)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!