Taekvondo WT. O‘smirlarimiz jahon chempionatiga yo‘l olishdi

28-31 avgust kunlari Bosniya va Gersegovinada taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. G6 tasnifidagi mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Yurtdoshlarimiz kecha tunda musobaqaga yo‘l olishdi.

Terma jamoamiz Saraevoda quyidagi tarkibda qatnashadi:

Yigitlar:
152 sm: Islom Akchurin
164 sm: Aziz Sattorov
168 sm: Asad Samandarov
172 sm: Omad Otabekov
176 sm: Shahboz Yo‘lchiboev
180 sm: Ahad Muxtorov
+180 sm: Ozod Risbekov

Qizlar:
152 sm: Gulzoda Narzulloeva
156 sm: Omina Ergasheva
164 sm: Farangis Mahkamboeva
168 sm: Rushana Ravshanova
+176 sm: Zilola Mamirova

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!