Taekvondo WT rahbariyati "Olimpiada-2024" dasturiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilmoqda

Tokioda o‘tadigan Olimpiada arafasida ham WT shunday tashabbus bilan chiqqan edi, ammo uni na musobaqa tashkiliy qo‘mitasi va na XOQ qo‘llab-quvvatladi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Butunjahon taekvondo federatsiyasi Kengashining onlayn yig‘ilishida unga a’zolar XOQ sport direktori Kit Makkonellning kelgusi oyda XOQ Ijroiya Kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan Parijdagi o‘yinlar tadbirlari jadvalini shakllantirish to‘g‘risida hisobotini tingladilar.

Tokioda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish paytida taekvondo WT rahbari Chung Von Choi Yaponiya poytaxtida o‘yinlar arafasida Gran-pri turnirini o‘tkazishni istayotganini ma’lum qildi. Uning fikriga ko‘ra, bu sportchilarga asosiy start arafasida raqobat muhitini his qilish va optimal formaga ega bo‘lish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Chung Von Choining ta’kidlashicha, tashkilot Saudiya Arabistonida 27-28 noyabr kunlari rejalashtirilgan va mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan Gender tengligi va ayollar etakchiligi forumi doirasida WT bo‘yicha ayollar ochiq chempionatini o‘tkazishga umid qilmoqda.

“Keyingi yil Butunjahon taekvondo federatsiyasi tashkil etilganiga 48 yil to‘ladi. 2023 yilda biz ellik yillik yubileyimizni nishonlaymiz. Ushbu muhim sana uchun vazifamiz taekvondo WTni eng barqaror va obro‘li xalqaro tashkilotlardan biriga aylantirishdir”, – deya qo‘shimcha qildi Chung Von Choi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!