Taekvondo WT. Terma jamoamiz Parij Gran-prisiga jo‘nab ketdi

1-3 sentyabr kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bugun tongda mazkur musobaqada qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi Evropaga yo‘l oldi.

G6 tasnifidagi musobaqada hamyurtlarimizdan 6 nafar sportchi medallar va qimmatli reyting ochkolari uchun jang qiladi. Pavel Xan boshchiligidagi jamoamiz quyidagi tarkibda Frantsiyaga jo‘nab ketdi:

-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salaev
+80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Feruza Sodiqova
+67 kg: Svetlana Osipova

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!