Taekvondochilarimiz "Turkish Open" musobaqasida ishtirok etishadi

O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi uchun navbatdagi xalqaro musobaqa BAA mamlakatida tashkil etiladigan "Fujaira Open" bo‘ladi. Fevral oyi boshida bir qator taekvondochilarimiz "Turkish Open" xalqaro musobaqasida ham qatnashishadi.

"Turkish Open" 2014 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Musobaqa 3-5 fevral kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. "Turkish Open"da kattalar, o‘smirlar hamda kadetlar toifasida musobaqalar o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi 2014-2019 yillar davomida "Turkish Open" musobaqasida jami 14ta oltin, 7ta kumush va 10ta bronza, jami 31ta medalni qo‘lga kiritgan.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!