Taekvondochimiz g‘alabani boshlab berdi

Biroz avval taekvondo bo‘yicha navbatdagi bellashuvlarga ham start berildi. Unda hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) o‘zbekistonlik sportchilarning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi uzoq kutilgan g‘alabasiga mualliflik qildi.

Dastlabki saralash bosqichida hamyurtimizga malilik Seydu Mofana raqiblik qildi. Murosasiz kechgan jangda vakilimiz 38:17 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasi uchun 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining 2 karra sovrindori janubiy koreyalik Li De Xunga qarshi dayanga chiqadi. Bo‘lajak bahsda ham yurtdoshimizga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
25/07/2021 11:24
Омад тилаймиз. 1 Жойда Эронлик билан жанг қилади деб ёзилса, бу мақолада Ж. Кария вакили билан деб ёзилган. Асли қайси билан жанг қилади ўзи.