Tayson Fyuri hamda Uaylder o‘rtasidagi trilogiya sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 2 iyul, 2020, 11:27
  • 0
  • Boks

“Top Rank” menejeri Bred Jeykobs og‘ir vazn toifasidagi Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o‘rtasidagi uchinchi jang borasida gapirdi.

“Biz 19 dekabrga e’tibor qaratamiz. Umid qilamanki, u paytga qadar butunjahon odatiy holatga qaytadi. Endi, biz butun dunyo bo‘ylab, ushbu tadbirni o‘tkazish uchun eng yaxshi joyni qidirmoqdamiz ”, - dedi Jeykobs.

Ma’lumot uchun, ular o‘rtasidagi birinchi to‘qnashuvda durang qayd etilgan bo‘lsa, revansh jangida Fyuri raqibini muddatidan avval mag‘lub etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!