Tayson Fyuri Jo Roganga javob qaytardi

Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (33-1-1)  UFC sharhlovchisi Jo Roganning so‘zlariga javob qaytardi.

"Jo Rogan men haqimda gapirdi, men ijtimoiy tarmoqlarga kirmadim va bu kal, kichkina qo‘rqoqqa javob qaytarganim yo‘q. U Jon Jons (27-1-1) bilan meni bir xonaga qamab qo‘yishsa, Jons meni adabimi berib qo‘yishini aytganini eshitdim. Men bu fikrga qo‘shilmayman. Biron bir erkak bilan birga-bir qolsak, meni yuta olmaydi. O‘sha xonada nima bo‘lishiga qaramay, faqat men u erdan chiqardim. Bu umuman muammo emas",- dedi Fyuri.

Ma’lumot uchun, Tayson Fyuri so‘ngi jangida Derek Chisorani mag‘lub etgandi. Jons esa oxirgi jangida Siril Gandan ustun kelgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!