Tayson Fyuri keyingi jangini Usikka qarshi o‘tkazishi mumkinmi?

  • 10 oktabr, 2021, 20:32
  • 0
  • Boks

Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tgan Tayson Fyuri va Deontay Uaylder o‘rtasidagi 3 jangda Fyuri muddatidan oldin g‘alaba qozonganidan xabaringiz bor. Bir necha kun oldin esa superog‘ir vazn toifasida yana bir katta jangda Aleksandr Usik Entoni Joshuani taslim etgan holda WVA, WVO, IBF kamarlari egasi bo‘lgan. Ko‘pchilikda Fyuri va Usik mutlaq chempionlik uchun jang o‘tlazadi degan fikr bo‘lsa ajab emas. Lekin bunga xali erta...

Usik Joshua bilan shartnomaga ko‘ra revansh jangini o‘tkazishi kerak. Ushbu bahs 2022 yilning fevral yoki mart oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Fyuri esa keyingi jangida WVC yo‘nalishida majburiy da’vogardan kamarini himoya qilishi mumkin. Hozirda da’vogar bo‘lib turgan britaniyalik Dillian Uayt 30 oktabrda Otto Uallin bilan kuch sinashadi. Tashkilot agar Fyuri bugundan boshlab 30 kun ichida Usikka qarshi jang uchun kelishuvga erisha olsa, bu jangga ruxsat berishi, aks holda Uayt o‘z jangida g‘alaba qozonsa, Fyuri va Uayt himoya jangiga buyruq berishini ma’lum qildi. Top Rank kompaniyasi rahbari Bob Arum Joshuaning promouteri Eddi Xirn bilan Joshua Fyuri va Usik jangiga ruxsat berishi borasida muhokama qilganda, Joshua buni inkor etgan va albatta keyingi jangini Usikka qarshi o‘tkazishini aytib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!