Tayson Fyuri: Meni ringdan zambilda olib chiqishlariga to‘g‘ri keladi

  • 13 iyun, 2020, 18:53
  • 0
  • Boks

WBC chempioni britaniyalik Tayson Fyuri ushbu vaznda o‘zidan so‘ng, kimni kuchli, deb bilishini aytdi.

"Deontay Uaylder mendan keyingi dunyodagi eng yaxshi og‘ir vaznli bokschisidir. Ishonamanki, u mendan boshqalarni va o‘sha Joshuani ham nokautga uchratadi. Men realistman va og‘ir vazn toifasi tarixidagi eng zo‘r "pancherlar"ni hurmat qilaman. Biroq, Uaylder men uchun eng xavfli raqiblardan biri bo‘lib qolmoqda va uning bir mag‘lubiyati hali hech narsani anglatmaydi.Chunki, jangchi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, u 10 marta kuchliroq bo‘lib qaytishi mumkin.

Uaylder o‘zaro 3-jangimiz uchun har doimgidan kuchliroq va yanada yaxshi reja bilan chiqadi. Boshqacha uslub ko‘rsatishiga shubha yo‘q. U g‘alaba qozonadi, deb aytmayapman. Lekin u avvalgidan ham xavfliroq bo‘ladi. Agar, o‘tgan safargidek raqibga 110 foizga e’tibor qaratmasam, unda men uchun boshqa katta janglar bo‘lmaydi va ular meni ringdan zambilda olib chiqishlariga to‘g‘ri keladi",- deya aytib o‘tgan Tayson Fyuri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!