Tayson Fyuri: "Uaylder, o‘zingni haqoratlashda davom etaver"

  • 17 aprel, 2020, 13:33
  • 0
  • Boks

WBC chempioni Tayson Fyuri  Deontey Uaylderga  o‘ziga xos javob berdi. Avvalroq  AQShlik bokschi Fyurini jahon chempioni deb hisoblamasligini aytgan edi.

“Uaylder, o‘zingni haqoratlashda davom etaver. Bu juda qayg‘uli. Men seni urib dabdalangni chiqardim. Bor gap shu! Buni tan ol va  o‘z yo‘lingda davom et. Bu shunchaki jang... Nimadir yutasan yoki nimanidir yutqazasan. Bu boks, do‘stim ”,- dedi Fyuri.

Eslatib o‘tamiz: Ular o‘zaro ikki bor to‘qnash kelib, dastlabki jangda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda Fyuri texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Ular o‘rtasidagi uchinchi jang kuz oyiga belgilangan.

Manba: sportbox.ru

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!