Tayson Fyuri va Dillian Uayt ilk bor yuzma-yuz keldi (video)

  • 20 aprel, 2022, 20:54
  • 0
  • Boks

23 aprel kuni Londondagi "Uembli" arenasi katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Unda og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri majburiy da’vogar Dillian Uaytga qarshi jang o‘tkazadi. Ushbu ikki britaniyalik bokschilar o‘rtasidagi to‘qnashuvni bevosita arenadan kuzatish uchun 94 mingga yaqin tomoshabinlar tashrifi kutilmoqda. 

Mazkur bahs oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va unda jangchilar ilk bor "face to face" marosimida ishtirok etdi. Qiziqarli jihati shundaki, bokschilarni jamoa a’zolari o‘zaro gap talasha boshlaganida Fyuri va Uayt ularni tinchlantirgan holda hotirjam bo‘lishga chorladi va har ikkala bokschilar o‘zaro bir biriga nisbatan hurmatda bo‘lishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!