Tayson Fyuri va Dillian Uayt jangi tashkilotchiligi katta mablag‘ga sotib olindi

  • 29 yanvar, 2022, 00:08
  • 0
  • Boks

Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBC jahon chempionlik kamari egasi Tayson Fyuri va da’vogar Dillian Uayt jangini tashkil etish huquqini qo‘lga kiritish uchun ochiq promouterlik savdosi bo‘lib o‘tdi. Unda Queensberry kompaniyasi rahbari Frenk Ourren 41 million dollar evaziga tashkilotchilik huquqini sotib oldi. Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Hirn esa 32 million dollar taklif qilgan edi. Jang 23 aprelda Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

WBC tashkiloti mazkur mablag‘larni bokschilarga 80/20 miqdorida gonarar sifatida belgilab bergan. Unga ko‘ra, Fyuri kafolatlangan 32.8 million, Uayt 8.2 million miqdorda mablag‘ga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!