Tayson Fyuri va Dillian Uayt jangida rekord darajada tomoshabinlar kutilmoqda

  • 15 aprel, 2022, 17:44
  • 0
  • Boks

23 aprel kuni Angliyaning London shahrida joylashgan "Uembli" stadionda katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri majburiy da’vogar Dillian Uaytdan himoya qiladi. Ushbu ikki britaniyalik bolschilar o‘rtasidagi to‘qnashuvga 94 ming tomoshabin tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu 21 asrdagi rekord hisoblanadi.

Zamonaviy boks davrida eng ko‘p tomoshab to‘plagan jang 1993-yil Meksikada "Aztek" arenasida bo‘lib o‘tgan Xulio Sezar Chaves va Greg Hyugen o‘rtasidagi bahs bo‘lib, ushbu to‘qnashuvni 132 ming 274 muhlis bevosita arenadan kuzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!