Tayson Fyuri va Entoni Joshua jangi bo‘lishi ehtimoli kamayib bormoqda. Usik ham ishga kirishdi...

  • 19 may, 2021, 08:40
  • 0
  • Boks

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionlik uchun belgilangan Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang taqdiri xavf ostida bo‘lib turibdi.

Mazkur to‘qnashuv 14 avgust kuni Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo cobiq jahon chempioni Deontey Uaylder Tayson Fyuri bilan oldingi jangi shartnomasida ko‘rsatilgan 3-jangni so‘rab sudga murojaat qilgach, komissiya Uaylderning foydasiga qaror qabul qildi va 15 sentyabrga qadar 3-jangni o‘tkazish bo‘yicha buyruq berdi.

Shundan so‘ng, Matchroom kompaniyasi vakillari ham Entoni Joshua uchun boshqa variantlar qidira boshladi. Bu orada WBO yo‘nalishida majburiy da’vogar hisoblangan Aleksandr Usik tashkilot, Top Rank, Matchroom, Uaylderning menejeri va Fyurining huquqshunosiga xat yo‘llab, majburiy da’vogar sifatida Entoni Joshuaga qarshi jang buyurilishini talab qildi.

Hattoki, 21 avgust hamda 28 avgust Entoni Joshua va Aleksandr Usik jangi uchun taxminiy sanalar sifatida belgilandi. Agarda Uaylder va Usik ularning jangi uchun kelishuvga rozi bo‘lmasa, katta ehtimol bilan kuz oylarida Tayson Fyuri Deontey Uaylderga, Entoni Joshua esa Aleksandr Usikka qarshi jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!