Tayson Fyuri va Entoni Joshua jangining taxminiy sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 16 dekabr, 2020, 15:57
  • 0
  • Boks

Profescional boksning superog‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri va WBO, WBA, IBF, IBO kamarlari egasi Entoni Joshua jangini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Eddi Xirn Fyurining promouteri Bob Arum bilan bo‘lgan muloqotdan so‘ng, jangni taxminan 2021 yil may oyida o‘tkazishni reja qilmoqdalar. Hozirda ular oldida ba’zi echiladigan muammolar mavjud.

Xususan, WBO tashkiloti Joshua o‘z kamarini Usikdan himoya qilishi kerakligini aytib o‘tgan bo‘lsa, Fyurining oldida Uaylder bilan yakunlanmay qolgan uchinchi jang bor.

"Bob Arum bizga Fyurining oldida Uaylder bilan hech qanday jang majburiyati yo‘qligini aytmoqda. O‘ylaymanki, Uaylder baribir Amerika sudiga murojaat qiladi. Ammo biz barchasini hisobga olganmiz. Agar, Fyuri Joshua bilan jang qila olmasa, Joshua navbatdagi jangini Usikka qarshi o‘tkazadi",- dedi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!