Ten Xag Sanchoning kechagi o‘yini haqida gapirdi

Erik ten Xag Jeydon Sanchoning PSJga qarshi o‘yinini yuqori baholadi. 

Dortmundning "Borussiya" klubi Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi ilk bellashuvda PSJni 1:0 hisobida taslim etdi. Mazkur bellashuvda vinger Sancho 17 urinishda 12 marta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirdi. 

"U kecha juda yaxshi o‘ynadi. Sancho ajoyib futbolchi. Kecha u "Manchester Yunayted" nega uni sotib olganini ko‘rsatdi. Men Jeydonning kechagi o‘yinidan xursandman. Kelajakda nima sodir bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi mankunialiklar ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
02/05/2024 18:40
Ohiri bu kalni o‘zi Sanchodan kechirim so‘raydiyov