Tez orada Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi uchinchi jang bo‘lishi mumkin

  • 24 fevral, 2020, 01:44
  • 0
  • Boks

Og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder tashkilotdan WBC chempioni Tayson Fyuriga qarshi uchinchi jangni so‘rashi mumkin.

Shartnomada revansh jangi tashkil etilishi mumkinligi borasidagi band qayd etilgan. Uaylderda bu imkoniyatdan foydalanishi uchun 30 kun vaqti bor. Agar sobiq chempion bu imkoniyatdan foydalansa, revansh jangi iyun - iyul oylarida o‘tkazilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Fyuri Uaylderni jangning ettinchi raundida texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!