Tezkor xabar! Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

  • 25 oktabr, 2020, 02:05
  • 3
  • MMA

Hozirgina Abu-Dabida "UFC 254" musobaqasining markaziy jangi bo‘lib o‘tdi. Unda Habib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getji bilan jang o‘tkazdi.

Jangning ikkinchi raundida Habib Nurmagomedov bo‘g‘ish usuli evaziga raqibini taslim etdi. G‘alabadan so‘ng, Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganligini rasman e’lon qildi.

Habib Nurmagomedovning xarakterini inobatga olsak, bu aniqqa o‘xshaydi. Chunki u piar uchun qandaydir gaplarni o‘ylab topmaydi va bu boradagi qarorini oktagonda aytdi hamda UFC prezidenti Dana Uaytga ishora qildi. Demak, bu oldindan o‘ylangan fikr.

Shu tariqa, Habib uchun Abu-Dabida tashkil etilgan "UFC 254" musobaqasidagi Getjiga qarshi jang faoliyatidagi oxirgisiga aylandi. U UFC bilan xayrlashdi va 29 ta g‘alaba bilan mutlaq chempion sifatida faoliyatini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
akmalsaidov977@gmail.com
25/10/2020 02:11
Shu Jangdan kegin faoliyatini tugatsa kerak deb oʻyluvdim tugatib toʻri qildi menimcha
&
Liverpool fan
25/10/2020 02:25
Хали ёшку яна урушса боларди
Нима бугандаям Хабибдакаси 100 йилда бир тугилади.
&
Oybek160197
25/10/2020 02:08
Mujik