The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi etakchisiga aylandi

  • 10 may, 14:51
  • 0
  • Boks

The Ring Naoya Inoueni vazn toifasidan qat’iy nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi deb tan oldi.

The Ring jurnali may oyidagi dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida vazn toifasidan qat’i nazar, engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoueni birinchi o‘ringa qo‘ydi. 6 may kuni yaponiyalik sportchi Lui Nerini nokautga uchratib, kamarlarini himoya qilgandi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida yarim o‘rta vazn toifasida WBA, WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Terens Krouford joy oldi. Kuchli uchlikka IBS, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usik yakun yasadi.

The Ring ma’lumotlariga ko‘ra to‘liq 10 talik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Naoya Inoue, engil vaznda mutlaq jahon chempioni;
2. Terens Krouford, WBA, WBC va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida chempion;
3. Aleksandr Usik, og‘ir vaznda IBF, WBA va WBO chempioni;
4. Saul Alvares, supero‘rta vazn toifasida jahonning so‘zsiz chempioni;
5. Yarim og‘ir vaznda IBF, WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Artur Beterbiev;
6. Dmitriy Bivol, engil vaznda WBA chempioni;
7. Errol Spens, yarim o‘rta vaznli bokschi;
8. Gervonta Devis, engil vaznda WBA chempioni;
9. Jessi Rodriges, IBF va WBO chempioni;
10. Junto Nakatani, engil vazn toifasida WBC chempioni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!