Tokio-2020. Bronza medali uchun Nikita Rafalovichning raqibi aniq bo‘ldi

Taekvondochimiz Nikita Rafalovich (-80 kg) Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini davom ettiradi. Hamyurtimiz birozdan so‘ng bronza medali uchun kurash olib boradigan bo‘ldi.

Yarim final bahsida u iordaniyalik Solih Elsharabatiga qarshi jang qilib, qo‘shimcha daqiqada imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Vakilimizning uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsda xorvatiyalik Toni Kanaetga qarshi bahs olib boradi. Nikita Rafalovichga bo‘lg‘usi bellashuvda omad tilab qolamiz.

Vakillarimizning ishtirokini SPORTS.uz saytida kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!