Tokio-2020. Nigora Tursunqulova bronza medal uchun imkon bor!

Taekvondo bo‘yicha terma jamoamizning navbatdagi vakili Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Unda Nigora Tursunqulova (-67 kg) xitoylik raqibasi bilan kuch sinashdi.

Kuchli raqibalaridan biri xitoylik Jang Mengyuga qarshi bahs murosasiz kurashlar ostida kechdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach g‘olib qo‘shimcha bo‘limda aniqlandi. Oltin ochko uchun kechgan bahsda xitoylik taekvondochi ustun keldi. Endi Mengyu finalga chiqqan taqdirda hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

Vakillarimiz ishtirokni SPORTS.uz saytida kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
26/07/2021 11:44
Байрок кутариб бироз кучини сарфлаб куйган булса керак! Чусовитинага тегишли шараф юки жуда огир! Ёш, тажрибасизларга байрокдор булиш шарт эмас эди!