Tokio-2020. Nikita Rafalovichning keyingi raqibi maxlum

Yana bir taekvondochimiz Nikita Rafalovich (-80 kg) ham Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Hamyurtimiz ilk bosqichda dominikanlik raqibini mag‘lub etdi.

Moises Ernandesga qarshi kechgan bahs 17:7 hisobi bilan yakunlandi. Shu tariqa hamyurtimiz musobaqadagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi. Vakilimiz chorak finalda ozarbayjonlik Milad Begi bilan hisob-kitob qiladi.

Vakillarimiz ishtirokini SPORTS.uz saytida onlayn kuzatib boring!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!