Tokio-2020. Nikita Rafalovichning yarim finaldagi raqibi ma’lum

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli o‘tkazayotgan Nikita Rafalovich (-80 kg) navbatdagi bellashuvini ishonchli yakunlab oldi.

Chorak finalda vakilimizga ozarbayjonlik Milad Begi raqiblik qildi. So‘nggi 2 jahon chempionatlarining g‘olibi, Rio-2016 sovrindoriga qarshi kechgan jang Rafalovichning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa vakilimiz chempionlik sari navbatdagi dadil qadamni tashladi.

Hamyurtimiz endi yarim finalda misrlik Seif Issaga qarshi dayanga chiqadi. Bo‘lg‘usi bellashuvda Nikitaga omad tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Atadjanov G'ulambek
26/07/2021 12:04
Soat nechchida ekan yarim final. Yozmaysizlarmi.
Abdurashid Abduvahobov
26/07/2021 11:59
Vapshi malades