Tomson: "Uittaker va Chimaev o‘rtasidagi jang erta tugashi mumkin"

  • 2 aprel, 18:40
  • 0
  • MMA

MMA faxriysi, ekspert va sharhlovchi Josh Tomson 22 iyun kuni Ar-Riyoddagi "UFC on ABC 6" turnirida o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker(25-7) va Hamzat Chimaev(13-0) o‘rtasidagi yaqinda e’lon qilingan jang haqida gapirdi.

"Birinchi va ikkinchi raundlarda men ko‘proq Chimaevning ustunligini taxmin qilyapman, biroq Robertda ham startda imkoniyat bo‘ladi, chunki Hamzat juda ehtiyotsiz kurashadi. U beparvolik bilan jang qiladi. O‘ylashimcha, mazkur to‘qnashuv muxlislar uchun juda qiziqarli bo‘ladi. Ishtirolchilarga kelsak, men ko‘proq Hamzatning jangini ko‘rib, zavqlanaman. Chimaevda odamlarni unga qarashga majbur qiladigan bir narsa bor. Bu uning tajovuzkorligidir. Bu yigitning jangini tomosha qilish juda qiziq”, - deya Tompson so‘zlarini keltiradi MMA Mania.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!