Toni Kroos "Real"dagi kelajagi borasida bir qarorga keldi

"Real" klubining tajribali yarim himoyachisi Toni Kroos kelajagi borasida bir qarorga keldi. Germaniyalik futbolchi keyingi mavsumda ham "qaymoqranglilar"da o‘ynashda davom etadi.

"Transfer News Live"ning xabar berishicha, Kroos Madrid klubida qolish haqidagi qarorini Chempionlar ligasi nimchorak final "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvidan keyin e’lon qiladi. "Real" va "Bavariya" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 8 may, chorshanba kuni "Santgo Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi. Myunxendagi uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd etildi.

Ma’lumot uchun, Toni 2014 yilning yozidan "Bavariya"dan transfer qilinganidan so‘ng "qirollik klubi"da o‘ynamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda, nemis futbolchisi madridliklar safida 43ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va sheriklariga 8ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!