Toshkent boksi tarbiyalanuvchisi Tashkenbay bilan jang qiladi!

  • 14 dekabr, 2023, 13:47
  • 0
  • Boks

15 dekabr kuni Qozog‘istonning Astana shahrida IBA Night turniri bo‘lib o‘tadi. Xabaringiz bor, yaqindagina ushbu turnir Dubayda tashkil etilgan va unda ringga ko‘tarilgan Saidjamshid Jafarov yaponiyalik Sevonrets Okazavani mag‘lub etgandi. Bu galgi turnirda Qozog‘istonning bir qator ko‘zga ko‘ringan bokschilari ringga ko‘tariladi. Jumladan, Daniyar Eleussinov, Bekzod Nurdauletov, Aslanbek Shimbergenov va boshqalar... Biz uchun ahamiyatli jihati esa, hamyurtimiz Nodirjon Mirzahmedov qozog‘istonlik yana bir iste’dod egasi Sanjar Tashkenbay bilan - 51 kg vaznda jang qiladi.

Ma’lumot uchun, Toshkenbay Toshkentda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida -48 kgda g‘olib bo‘lgandi.

nodirchik

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!