Tsarukyan UFC ning engil vazn toifasidagi eng yaxshi jangchi kimligini aytdi

  • 15 mart, 17:18
  • 0
  • MMA

"UFC 300"  turnirida Charlz Oliveyra bilan to‘qnash keladigan Arman Tsarukyan engil vazn(70,3 kg) toifasidagi eng yaxshi jangchi kim ekanini aytdi.

"Men engil vazn toifasidagi eng yaxshi jangchiman va buni "UFC 300" da isbotlayman. Men ko‘p qirraliman va oktagonda istalgan ishimni qila olaman. Oliveyraga qarshi bahsda barchasiga guvoh bo‘lasiz", - dedi Arman The Schmo  ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "UFC 300" turnirida Arman Tsarukyan(21-3) Charlz Oliveyra(34-9-1) bilan jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!