"Turkish Open". Kattalar toifasida 4 ta medal qo‘lga kiritildi

Kecha, 3 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida taekvondo bo‘yicha an’anaviy "Turkish Open" musobaqasi start oldi.

Dastlabki kunda kattalar toifasidagi janglar bo‘lib o‘tdi. +73kg vazn toifasida hamyurtimiz Svetlana Osipova musobaqa davomida barcha raqibalarini mag‘lub etdi hamda oltin medalga ega chiqdi. -68kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Jasurbek Jaysunov hamda -49kg vaznda Madinabonu Mannopova kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. -63kg vazn toifasida hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov yarim finalga qadar etib bordi va bronza medaliga ega chiqdi.

"Turkish Open" musobaqasining birinchi kunida sovrindor bo‘lgan taekvondochilarimiz:

Oltin medal - Svetlana Osipova
Kumush medal - Madinabonu Mannopova
Kumush medal - Jasurbek Jaysunov
Bronza medal - Ulug‘bek Rashitov

Ma’lumot uchun, 4 fevral kuni o‘smirlar, 5 fevralda kadetlar toifasida janglar bo‘lib o‘tadi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!