Uaylder: Men hali qaytaman

  • 29 fevral, 2020, 18:57
  • 0
  • Boks

Super-og‘ir vazn toifasida WBC yo‘nalishi sobiq chempioni Deontey Uaylder Tayson Fyuriga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z “tvitter” sahifasida chiqish qildi:

“Hozircha, sening qiroling shu erda. Men ham hech qaerga ketganim yo‘q. Jang endigina boshlandi. Men esa shunday qirolmanki, hech qachon taslim bo‘lmayman va o‘lgunimcha jang qilaman. Men jangchiman, men kuchliman va men qaytaman. Muxlislarimga bor muhabbatimni bag‘ishlayman. Bir necha oydan so‘ng uchrashamiz.

Eslatib o‘tamiz, Uaylder WBC yo‘nalishi chempionligi unvonini so‘nggi 5 yilda o‘zida saqlab kelayotgandi. Fyuriga qarshi jangning 7 roundida Uaylderning murabbiyi ringga oq sochiq tashlaganligi sababli texnik nokaut e’lon qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!