Uchta superklub “Barsa” yulduzini kutyapti

“Barselona”ning niderlandiyalik pleymeykeri Frenki de Yong faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.

26 yoshli futbolchiga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Bavariya” da’vogarlik qilmoqda.

Barca Universal nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar ham moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda bu transferga qarshilik qilmoqchi emas.

Frenki de Yong “Barselona”da qolishi uchun maoshining sezilarli darajada pasaytirilishiga rozi bo‘lishi kerak. Aks holda klub uni sotib yuboradi.

Da’vogarlar iste’dodli yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun kamida 70 million evro xarajat qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!