UEFA Superliga klublarini musobaqadan chetlatsa, yangi mavsumda ularning EChLdagi o‘rnini qaysi jamoalar egallashi mumkin?
Angliya, Ispaniya va Italiyaning grand klublari yangi tashkil etilgan Superligada ishtirok etish uchun yangi mavsumdan boshlab, Chempionlar ligasidan “badarg‘a” qilinishi mumkin. Keling, agar ushbu klublar chindan ham EChLdan chetlatilsa, 2021/22 yilgi mavsumda qaysi jamoalar ularning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida biroz mulohaza yuritib ko‘ramiz.
Top klublarning Chempionlar ligasida ishtirok etishdan bosh tortishi saralash bosqichidagi vaziyatni murakkablashtirdi. Angliya, Italiya va Ispaniyadan to‘rttadan klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri turnirning guruh bosqichiga yo‘l olishi kerak, ammo aynan mana shu mamlakatlarning 12 ta klubi Superligada ishtirok etishga rozilik bildirgan. Hozircha ushbu “qo‘zg‘olon”dan so‘ng, har bir mamlakatdan nechtadan ishtirokchi jalb etilishi va ular qanday aniqlanishi haqida tushuncha yo‘q. Eng oson variant, albatta, inqilobchilarni hisobdan chiqarib tashlash va yo‘llanmalarni chempionatda ulardan keyingi o‘rinlarni egallagan jamoalarga berishdir.
Angliya
Agar hozirgi vaziyatni inobatga olib fikr yuritsak, "Lester" va "Vest Xem" inqilobchilarni olib tashlagan holda mavsumni Angliyaning to‘rtta eng yaxshi jamoalari orasida xotirjamlik bilan yakunlanish uchun etarli ochkoga ega.
Ammo qolgan ikkita o‘rin uchun kurash davom etishini ko‘rish mumkin. "Everton", "Lids" va "Aston Villa" Chempionlar ligasi yo‘llanmalari uchun asosiy da’vogarlarga aylanadi. Birmingemliklar zaxirasida ikkita o‘yin bor va shu sababli, ularda ham kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyati mavjud.
Italiya
Italiyada Superliganing uchala a’zosi ham kuchli to‘rtlikdan joy olishgan, garchi "Yuventus" "Napoli"dan atigi ikki ochko oldinda bo‘lsa-da, mavsum yakunigacha hali ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Shunga qaramay, agar jadvaldagi hozirgi holatga nazar solsak va "Inter", "Milan" hamda "Yuventus"ni o‘chirib tashlasak, Chempionlar ligasidagi o‘rinlar uchun katta kurashni ko‘rmaymiz. Chunki 4-o‘rindagi “Roma” 5-o‘rinda qayd etilgan “Sassuolo”dan naqd 8 ochkoga ilgarilab ketgan.
Ispaniya
Ispaniyada bu holat xuddi Italiyadagi vaziyat bilan deyarli bir xil. Bizning jadvalda 4-o‘rinda qayd etilgan “Real Sosedad” 5-o‘rindagi “Granada”dan 8 ochko ko‘p jamg‘argan. Mavsum yakunlanishiga sanoqli turlar qolganini inobatga olsak, “Sosedad” o‘z o‘rnini berib qo‘yishiga ishonish qiyin.
Kuchli beshlik chempionatlari orasida Frantsiya va Germaniya grandlari Superligaga qo‘shilishdan bosh tortmoqda. Ular bu borada UEFAning pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Yangi tashkil etilgan turnirning prezidenti Florentino Peres bo‘ldi. Joel Gleyzer ("Manchester Yunayted") va Andrea Anelli ("Yuventus") prezident o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, bosh homiy mashhur JP Morgan banki bo‘ladi. Ular ligaga 4,6 milliard funt sarmoya kiritishga tayyor. Bank o‘z mablag‘larini translyatsiya huquqlarini sotishdan va kelajakdagi boshqa daromadlardan qaytarishni rejalashtirmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, Superliga tashkil etilib, grand klublar Chempionlar ligasini tark etgan taqdirda ham, ushbu tarixiy musobaqa o‘z nufuzini yo‘qotmaydi. Aksincha, Evropada yangi grandlar paydo bo‘ladi. Futbol har ikki holatda ham hech narsa yo‘qotmaydi.
Fikrlar
Омад жамоангга мураббий
Пахтакор урган АГМК дан уйнашни. Энди сенлар галаба козонмасанг булмайди. Намангандаги уйинда пенальтини бериш керак эмас эди. Хатто химоячи Сардорни оегига теккан булганда хам. Уйинни босими, рухиятига ва сунги дакикалар эканлигини хисобга олиш керак эди. Черан уша пенальтини четга тепиб юбориши керак эди. Бундай холатда 200 фоизлик пенальти булса бериш мумкин. Халкаро майдонда хамма Узбекистан жамоаларига омад.
Пахтакорнинг 35 мухлиси.

Пахтакорнинг 35 йиллик мухлиси.