UFC jangchisi Entoni Joshua, Tayson Fyuri hamda Deontay Uaylderni nokaut qilishiga ishonmoqda

  • 18 dekabr, 2020, 20:16
  • 0
  • MMA

UFCning og‘ir vazn toifasidagi amerikalik jangchisi Greg Xardi o‘zini professional boksda sinab ko‘rishni rejalashtirayotganini aytdi. 32 yoshli jangchi Entoni Joshua, Tayson Fyuri va Deontey Uaylderni jangga chorladi.

“MMAdagi faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng, o‘zimni boksda sinab ko‘rmoqchiman. Bu haqida Dana Uaytga aytishga harakat qilaman. Umid qilamanki, biz buni tashkil qila olamiz. Men Tayson Fyurini, Entoni Joshuani va Deontey Uaylderni nokaut qila olishimga aminman. Albatta, bu juda qiyin bo‘ladi, ammo men buni uddalayman, deb o‘ylayman. Bu lahzani intiqlik bilan kutyapman” - dedi Xardi.

Asli Amerika futbolida toblangan Greg MMAdagi faoliyati mobaynida 10 ta jang o‘tkazgan, ularning 7 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 bora mag‘lubiyatga uchragan. Shuningdek, bitta jang natijasi bekor qilingan. U 19 dekabr tongida “UFC Fight Night 183” turniri doirasida  Marchin Tibura bilan to‘qnash keladi.

xar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!