UFC va ONE FC chempioni professional boksda debyutini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi

  • 3 may, 15:18
  • 0
  • MMA

UFC va ONE FC chempioni amerikalik Demetrius Jonson professional boksdagi debyutini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.

 “Kecha men uyga keldim va Saul Alvaresning chiqishlarini tomosha qildim. So‘ngra: "Ey Xudo, bu ajoyib-ku", deb o‘yladim.  Men sport zaliga bordim, jiu-jitsu bilan shug‘ullandim, keyin qaytib keldim va xotinimga boks o‘tishni xohlayotganimni aytdim. Men hozirda 37 yoshdaman va bu yil 38 yoshga to‘laman. Shunday vaqt keladiki, sportchi to‘xtashi kerak. Xozir jiu-jitsu bo‘yicha musobaqaga ham tayyorgarlik ko‘ryapman. Agar tanam qattiq mashg‘ulotlarga tayyor bo‘lsa, men boks bilan shug‘ullanishdan xursand bo‘laman”, – dedi Jonson o‘zining You Tube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Jonson so‘ngi jangida Adrian Moraeshni mag‘lub etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!