Ulug‘bek Baqoev: "Men ham sehrgar emasman"

  • 16 aprel, 2023, 23:07
  • 0
  • Futbol

Coca-Cola Superliga 6-turi doirasida mehmonda «Olimpik»ga imkoniyatni boy bergan «Buxoro» klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev mag‘lubiyat sabablari, Stanislavlievich, professionallik va psixologiya haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘yin boshida futbolchilar hayajonlanishdi shekilli, yana tezkor gol qo‘yib yubordik. Keyinchalik o‘yinga kirishib keta olmadik. Qaerdadir nimadir yaratishga, o‘yinni yaxshilashga intildik, ammo gol ura olmadik. Futbolda golsiz natija bo‘lmaydi. «Olimpik»ni esa bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

«Aleksandr Stanisavlievich jarohati bois ancha vaqt maydonga tusha olmadi. Endi-endi maydonga tusha boshladi. O‘ylaymanki, bizga foydasi tegadi. Uning kuchli jihatlari ko‘p. Jamoaga qo‘shilib ketishiga biroz vaqt talab etiladi».

«Men ham sehrgar emasman, hammasi ham menga bog‘liq emas. Futbolchilar ham o‘zlarini professional ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak. Klub bilan shartnomaga ega har qanday futbolchi klub va shahar obro‘si uchun borini berib o‘ynashi kerak».

«So‘nggi ikki o‘yinda gol urishni uddalay olmayapmiz. Menimcha, bu futbolchilarning psixologiyasi bilan bog‘liq. Gol urishni qattiq istashyapti va qaerdadir xato qilishyapti. Meni quvontirayotgani bu – jamoa o‘yinida o‘zgarishlar ko‘zga tashlanayapti. O‘yinimizda surat ko‘rinish berayapti. Umid qilamanki, natijalar hali oldinda», - dedi Baqoev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!