Ulug‘bek Baqoev: "Ruhiy jihatdan qiynalyapmiz"

  • 22 aprel, 2023, 09:21
  • 0
  • Futbol

Coca-Cola Superliga 7-turi doirasida o‘z maydonida «Neftchi» bilan durang o‘ynagan «Buxoro» klubi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoasi yana hisobda ortda borib yakunda tenglashtirgani, Ro‘zievning o‘yini, yoshlarga berilayotgan imkoniyat va taktika haqida gapirdi.

«Ruhiy jihatdan ancha qiynalmoqdamiz. Futbolchilarda bu borada muammolar bor. Bugun yana hisobda ortda qolayotgan paytimizda uni tenglashtira oldik. Futbolchilar oxirigacha o‘ynashdi va buning uchun ularga rahmat. Durang ham yomon natija emas, birinchi ochkomizni oldik.

Avvalgi o‘yinlardan farqli ravishda taktikamizni o‘zgartirdik. Shu bois futbolchilarning pozitsiyalarida o‘zgarishlar bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Kim bellashuvga tayyor bo‘lsa, shuni tushiryapmiz, boshqalar buni to‘g‘ri tushunishlari va xafa bo‘lmasliklari kerak. Buni futbolchilar bilan gaplashib oldik, muammo yo‘q.

Javohir Ro‘zievning o‘zini tutishlari va harakatlari yoqyapti. Juda katta potentsial bor. Qolgan yoshlarga ham imkoniyat beryapmiz», – dedi Baqoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!