Ulug‘bek Rashitov g‘alabani kimga bag‘ishlaganini aytdi

Bundan biroz avval Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan hamyurtimiz Ulug‘bek Rashitov ushbu g‘alabasini amakisining xotirasiga bag‘ishlaganini aytdi.

“Men ushbu g‘alabamni biz Tokioga kelgan paytda vafot etgan marhum amakimga bag‘ishlayman.

Biz Tokioga 10 sanada keldik, keyin esa men amakimning 68 yoshida vafot etgani haqida eshitdim. Shundan so‘ng o‘zimga o‘zim buni uning xotirasi uchun qilishga va’da berdim”, - dedi Ulug‘bek Rashitov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Atadjanov G'ulambek
26/07/2021 08:12
Joylari jannatdan bulsin amakingni Ulug'bek.